🚍 Andijon - Namanga yo'nalish
☎️ Tel : +998 (69) 228-51-04
🌐 namangan_11maktab@umail.uz
💻 Admin : @Ayubxon_11
📢 DIQQAT, CHELLENJ !
📚 Muhammadsharif So‘fizoda nomidagi Namangan viloyat bolalar kutubxonasi tashabbusi bilan 21-oktabr — “O‘zbek tili” bayrami munosabati bilan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Ona tilim — millatim, g‘ururim!” shiori ostida chellenj e’lon qilinadi!
🎬 CHALLENGE SHARTLARI:
🔹 Ishtirokchilar ona tilimizga bag‘ishlangan she’rlar, hikmatli so‘zlar va samimiy tilaklarni ifodalovchi videorolik tayyorlaydilar.
🔹 Videorolik davomiyligi 1 daqiqadan oshmasligi, hajmi esa 50 MB dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
🔹Tayyorlangan videorolik 2026-yil 14-oktabrdan 21-oktabrga qadar kutubxonaning Telegramm kanali va instagramm ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida yoritib boriladi.
🔹Videoroliklar https://t.me/namangan_bolalar_kutubxonasi shu silkaga jo'natiladi.
G‘OLIBLAR QANDAY ANIQLANADI?
🏆Instagram rasmiy sahifasida e’lon qilingan videoroliklar obunachilarning “Like” (yoqtirish) belgilari va izohlari asosida baholanadi hamda g‘oliblar aniqlanadi.
💙 Ona tilimizga bo‘lgan mehringizni, milliy g‘ururingizni va ijodiy mahoratingizni namoyon eting !
📅 Chellenj muddati: 14–21-oktabr, 2026-yil.
Barcha o‘quvchilarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!
ILK QO‘NG‘IROQ — YANGI ORZULAR VA YANGI MARRALAR BOSHLANISHI
Bugun, 2-sentabr kuni Namangan shahridagi 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan an’anaviy “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Erta tongdan maktab direktori Mirzayeva O‘ktamxon Melixonovna maktab ostonasida ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilarini kutib olib, ularga samimiy tilaklarini bildirdi. Tadbirda Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti rektori R.Karimov hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor P.Lutfullayev ishtirok etib, maktabning jajji o‘quvchilarini yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdilar.
Unda Namangan viloyati Mudofaa Ishlari boshqarmasi Faxriylar ishlari bo’yicha kengashi raisi ist’efodagi polkovnik H.I.Xidirov hamda Mudofaa vazirligi Jamoatchilik kengashi hududiy bo’linmasi a’zosi iste’fodagi podpolkovnik A.Y.Turg’unov shuningdek 07648-sonli harbiy qism faxriy qorovuli va harbiy оrkestri ishtirok etib, ustoz va murabbiylar, o‘quvchilar hamda ota-onalarni yangi o‘quv yili, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan muborakbod etdi.
Tadbir avvalida maktabimiz direktori O’.Mirzayeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga “Bilimlar kuni” munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, 1-sinf o‘quvchilariga yurtimizda an’anaga aylangan Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Bolajonlarga bilim olish yo‘lida mustahkam qadam, a’lo baholar, quvonchli kunlar va yorqin kelajak tilab qolamiz!
Ilk qo‘ng‘iroq sadosi qalblarda ezgu orzularni uyg‘otsin, yangi o‘quv yili esa ulkan muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!
2026-yilning 14-may kuni Namangan shahar MMTB ga qarashli 11-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi "Jasorat sinfi o'quvchilari bilan Namangan viloyati garnizori 07648-xarbiy qism boshligʻi podpolkovnik Xakimov Shoxjaxon Shavkatovich maktab oʻquvchi yoshlar bilan uchrashib, oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi va oʻz faoliyati haqida fikr yuritdi.
Bu uchrashuvda maktabning Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik rahbari B.Ulkanov "Jasorat" medali bilan taqdirlandi. Tadbir barch ishtirokchilarda koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.
Prezidentimizning 15.11.2024-yildagi PQ-393-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 03.11.2025-yildagi 688-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida Namangan shahridagi 11-sonli umumtaʼlim maktabi negizida tashkil etilgan “Jasorat maktabi ”da 2026-yil 12-may kuni Namangan shahrining umumta'lim maktablari 4-sinf oʻquvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni " oʻtkazildi.
2026/2027-oʼquv yili uchun hujjatlar qabuli 15-maydan onlayn shaklda my.gov.uz, ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshirilishi, Jasorat sinfida matematika, chqbt, tarix, jismoniy tarbiya, ingiz tili, fizika darslari chuqurlashtirilgan tarzda o’qitilishdi haqida ma'lumotlar berildi.
Ota-onalar ariza berishida zaruriy hujjatlar nusxasi bo'lishi va elektron PDF fayllarini ariza joylanadigan saytda joylashi toʻgʻrisidagi tushuntirildi.
"Ochiq eshiklar kuni " tadbirida umumta'lim maktablaridan 572 nafar 4-sinf o'quvchilari va ularning ustozlari ishtirok etishdi
Jasorat maktabida ta'lim-tarbiya jarayoni
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Abdurahmanov hamda Namangan shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i M.Isayev tomonidan 2026-yilning 11-may kuni Namangan shahar 11-sonli umumta’lim maktabi negizida tashkil etilgan tayanch harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi “Jasorat maktabi” faoliyati o‘rganildi.
Tashrif davomida muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi hamda o‘quvchilarning mashg‘ulot-lardagi ishtiroki atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarligini oshirish hamda harbiy bilimlarga qiziqishini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kelajakda yurt himoyasiga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sog‘lom avlod — barqaror taraqqiyot poydevori
Bugungi Yangi O‘zbekiston siyosatida inson omili, ayniqsa, yoshlar salomatligi va ularning ma’naviy-axloqiy kamoloti ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanmoqda. Davlat siyosatining markazida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yosh avlodni ongli, faol va mas’uliyatli shaxs etib tarbiyalash masalasi turibdi. Chunki sog‘lom hayot — bu nafaqat shaxsiy tanlov, balki jamiyat kelajagini belgilovchi muhim strategik omildir.
Ana shu maqsadlar ijrosi doirasida Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov 2026-yil 2-fevral kuni "Jasorat sinfi" o'quvchilari bilan “Sog‘lom hayot” mavzusida ochiq va samimiy muloqot olib borildi.