Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadidagi
"34 haftaga - 34 kitob" loyihasi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va axoli o'rtasida kitob o'qishga qiziqishini oshirish tadbirlari tugrisida"gi 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-sonli, hamda shu haqdagi viloyat Hokimining 2026-yil 22-yanvardagi 45-6-0-Q/26-sonli, Namangan shahar Hokimining 2026-yil 26-yanvardagi «38-6-91-Q-26-sonli qarorlari va Namangan shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining 2026-yil 2-fevraldagi 81-sonli buyrug'i asosida Namangan shahrining barcha umumta'lim muassasalarida "34 haftaga - 34 kitob" loyihasi yo'lga qo'yildi
O’q’uvchilarning sinflar kesimida badiiy adabiyotlarni o‘qishlari uchun asarlar ro‘yhati
Namangan shahar 11-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadidagi "34 hafta - 34 kitob" loyihasi
34 haftaga - 34 kitob loyihasi davrida "Faol kitobxon tanlovi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-sonli qarori ijrosini ta'minlash va o'quvchilar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida Namangan shahar 11-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida 2026-yil 7-may kuni 1-11-sinflar kesimida tavsiya etilgan adabiyotlar asosida faol kitobxon o'quvchilar ishtirokida test sinovi bo'lib o'tdi.
Testda har bir sinfdan 3 nafardan faol kitobxon o'quvchi ishtirok etdi.
9-10-11-sinflar doirasida 11-"B" sinf oʻquvchisi M.Rizayeva;
7-8-sinflar doirasida 8-"D" sinf oʻquvchisi A.Ahmadxojayev;
5-6-sinflar doirasida 5-"A" sinf oʻquvchisi M.Bozorov;
1-4-sinflar doirasida 4-"D" sinf oʻquvchisi O.Abdusalamovalar g'olib deb topildi.
Mazkur birinchi oʻrinni egallab, go'liblikni qo'lga kiritgan o'quvchilarni tanlovning shahar bosqichiga tavsiya etildi.
Umumiy o'rta ta'lim maktabilari urtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadidagi "34 hafta - 34 kitob" loyihasi bo'yicha
"Faol kitobxon" tanlovi
34 haftaga - 34 kitob loyihasi davrida "Faol kitobxon tanlovi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-sonli qarori ijrosini ta'minlash va o'quvchilar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida Namangan shahar umumiy o'rta ta'lim maktabilari uchun 2026-yil 16-may kuni 1-11-sinflar kesimida tavsiya etilgan adabiyotlar asosida faol kitobxon o'quvchilar ishtirokida test sinovi bo'lib o'tdi.
Tanlovda 55 ta umumiy o'rta ta'lim maktablarda maktab bosqichida g'olib bo'lgan 4 nafardan sinflar kesimida o'quvchilar ishtirok etdi.
Berilgan testlar natijasiga koʻra gʻoliblar aniqlandi:
1-4-sinflar kesimida: 29-maktab 4-sinf oquvchisi Abdumajidov Abobakr
5-6-sinflar kesimida: 3-maktab 5-sinf oʻquvchisi Naʼmatova Nafisa
7-8-sinflar kesimida: 85-maktab 8-sinf oʻquvchisi Samadova Madina
8-9-10-sinflar kesimida: 11-maktab 11-sinf oʻquvchisi Rizayeva Mahfuza g'olib deb topildi.
"34 hafta - 34 kitob" loyihasi bo'yicha 2026-2027 o'quv yili uchun TAVSIYA ETILAYOTGAN ADABIYOTLAR