JASORAT MAKTABIGA QABUL IMTIXONLARI
Namangan shahar 11-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi negizidagi harbiy vatanparvarlik yo'nalishidagi "Jasorat maktabi"ga kirish imtixonlari 2026-yil 1-iyul kuni bo'lib o'tdi. O'quvchilar ko'tarinki kayfiyat bilan test jarayonlarida ishtirok etishdi. O'quvchilarni test jarayonlarida ishtirok etishlari hamda ota-onalarini jarayonni kuzatib borishlari uchun barcha shart-sharpotlar yaratib berildi.
Test yakunidan so'ng hamma o'quvchilar sog'-salomat ota-onalari bilan yaxshi kayfiyatda kuzatildi.
Ma'lumot uchun: Qabul uchun 205 nafar o'quvchilarning ota-onalari ariza topshirgan, shundan 147 nafari o'g'il, 58 nafari qizlarni tashkil etadi.
ONA TILI VA MATEMAKA SINOV IMTIXONLARI
JISMONIY TAYYORGARLIK SINOVLARI
Namangan viloyayi Namangan shahridagi “Jasorat maktabi”ga kirish imtihonining ikkinchi bosqichi, jismoniy tayyorgarlik sinovlari 2026-yil 5-avgust kuni o'tkazildi.
Mazkur bosqichda nomzodlarning jismoniy tayyorgarligi belgilangan mezonlar asosida mutaxassislar tomonidan shaffof va adolatli baholandi.
Sinovda har bir o‘quvchi 5 turdagi jismoniy mashq bajarib, 50 ballik tizim asosida baholandi.
“Jasorat maktabi”gi maktablardan jami 205 nafar o‘quvchi arizalar topshirib, jismoniy tayyorgarlik sinovlari 157 nafar o'quvchilar ishtirok etishdi.
2-SERTABR BILIMLAR KUNI VA MUSTAQILLIKNING 35-YILLIGIGA BAG'ISHLANGAN "BIRINCHI QO'NG'IROQ" TADBIRI
Namangan shahridagi 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Bilimlar kuni” tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Unda Namangan viloyati Mudofaa Ishlari boshqarmasi Faxriylar ishlari bo’yicha kengashi raisi ist’efodagi polkovnik Xidirov H.I. hamda Mudofaa vazirligi Jamoatchilik kengashi hududiy bo’linmasi a’zosi iste’fodagi podpolkovnik Turg’unov A.Y. shuningdek 07648-sonli harbiy qism faxriy qorovuli va harbiy оrkestri ishtirok etib, ustoz va murabbiylar, o‘quvchilar hamda ota-onalarni yangi o‘quv yili, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan muborakbod etdi.
Tadbir avvalida maktabimiz direktori O’. Mirzayeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga “Bilimlar kuni” munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Prezident tabrigida ta’lim va tarbiya masalasining mamlakatimiz taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni, yosh avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ustozlarning sharafli va mas’uliyatli mehnati alohida ta’kidlangan.
Yangi o‘quv yilida maktabning 240 nafar o‘quvchisi 1-sinfga qabul qilindi. Ular Prezident sovg‘asi sifatida 12 nomdagi o‘quv qurollari, kitob va darsliklar bilan ta’minlandi. Tadbirda yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilarning bilim va salohiyatini yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ustozlarning samarali faoliyati uchun zarur sharoitlarni yanada kengaytirish borasidagi ustuvor vazifalar ta’kidlandi.
11-sonli maktabda yangragan ilk qo‘ng‘iroq esa o‘quvchilar uchun yangi bilimlar, yangi marralar va katta orzular sari navbatdagi qadamga aylandi.
"UCH AVLOD UCHRACHUVI" MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIRI
“Jasorat maktabi” 5-A Jaloliddin Manguberdi sinfi o‘quvchilarining tantanali “Va’da berish” marosimi o‘tkazildi