2025-yil 2-sentabrda 4-sinfni tamomlab 5-sinfga ko'chirilgan o'quvchilardan matematika, ona tili fanlaridan imtihonlar hamda jismoniy tayyorgarlikdan sinovlar o'tkazilib, eng yuqori ball to'plagan jami 26 nafar, 21 nafar o'g'il va 5 nafar qiz bolalar o'uvchilar "Jasorat maktabi"ga o'qishga qabul qilindi
2025-yil 11-sentabr kuni "Ush avlod uchrashumi" ma'naviy-ma'rifiy suhbat tadbiri o'tkazildi. Tadbir davomida mas’ullar Jasorat maktabi sinflariga kirib, o‘quvchilar bilan savol-javoblar o‘tkazdilar.
Yoshlarning bilim va dunyoqarashini yanada boyitishga xizmat qiluvchi muloqot jarayonida ular o‘z fikr va orzularini erkin bayon etishdi.
2025-yil 25-sentabr kuni “Jasorat maktabi” o‘quvchilarining ilk bor "Va'da berish" marosimi o'tkazildi.
Tadbirda hokimlik, maktabgacha va maktab ta’limi, mudofaa, ichki ishlar hamda Milliy gvardiya boshqarmalari mas’ullari qatnashdi. So‘zga chiqqanlar yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida, jismonan sog‘lom va ma’naviy barkamol insonlar qilib tarbiyalashda mazkur ta’lim maskanlarining o‘rni va ahamiyatini alohida ta’kidladilar.
“Jasorat maktablari” o‘quvchilari “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirdilar.
2025-yil 30-oktabr kuni Jasorat sinfi o‘quvchilari Namangan Harbiy prokuraturasining "Ochiq eshiklar kuni" tadbirida ishtirok etishdi. O'quvchilar mavjud sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, harbiy prokuratura haqidagi tasavvurlarini yanada boyitdilar.
Shuningdek, prokuratura, shu jumladan harbiy prokuratura organlarining shakllanish tarixi, so‘nggi yillarda tizimda amalga oshirilgan islohotlar hamda faoliyatda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar oldilar.
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining 34 yilligi munosabati bilan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” estafetasi
2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining 34 yilligi munosabati bilan mamlakatimizning barcha hududlarida keng nishonlanayotgan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” estafetasi bo'lib o'tdi.
Ushbu muhim ramzni qarshi olish marosimida mutasaddi rahbarlar, nuroniylar, sportchilar hamda Namangan shahar 11-sonli "Jasorat maktabi"ning o'quvchilari ham ishtirok etib, Vatanimiz bayrog'inu sharaflash jarayoniga munosib hissa qo'shgan holda, Vatanparvarlik ruhida "Vatan chun, millat uchun, xalq uchun" shiori ostida qizg'in qutlasdi.
Tadbir davomida yoshlar tomonidan vatanparvarlik ruhidagi chiqishlar, sportchilar tomonidan ko‘rgazmali mashg‘ulotlar taqdim etilib, estafeta keyingi manzillar sari davom ettirildi.
“8-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun”
2025-yil 7-dekabr kuni Jasorat sinfi o‘quvchilari “8-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazildi.
O'quvchi yoshlarni konstitutsiyaviy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, harbiy vatanparvarlik ruhida uyg'unlashgan umumiy o'rta ta’limning yoshlar hayotidagi o‘rni, fuqarolik burchlarini bajarish, Vatan ravnaqi uchun mas’uliyat kabi g‘oyalar o‘z aksini topdi.
2025-yil 22-dekabr kuni Namangan garnizoni harbiy qism harbiy xizmatchilari bilan uchrasuv o'tkazildi. Harbiy xizmatchilar mustaqillik yillarida Milliy armiyamizning erishgan yutuqlari, fidokorona mehnatlari haqida o'quvchi-yoshlarga so'zlab berishdi
2025-yil 24-dekabr kuni Namangan viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi "Chaqiriliuvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bõyicha tayyorlash" markaziga "Ochiq eshiklar kuniga olib borildi
"Milliy armiya ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni"
2025-yil 26-dekabr kuni "Jasorat sinfi" o'quvchilari ishtirokida Namangan shahar 32-sonli Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun ko'rgazmali chiqishlar namoish etilib, bolajonlarni bayram kayfiyatlarini ko'tarib, bolajonlarni yangi yil bilan tabriklab yaxshi tilaklar bildirildi.
MARDLAR QOʻRIQLAYDI VATANNI
2026-yil 12-yanvar kuni "Jasorat sinfi" o'quvchilari ishtirokida Oʻzbekiston qurolli kuchlarining 34 yilligi munosabati bilan "MARDLAR QOʻRIQLAYDI VATANNI" deb nomlangan madaniy-maʼrifiy tadbir o'tkazildi.
Tadbirda oʻquvcjilar oʻzlari tayyorlab kelgan bayram dasturini namoyish etishdi. Vatanni madh etuvchi sheʼrlar, jozibali raqslar barchaga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.
Tadbir soʻngida maktab direktori Oʻ.Mirzayeva yaxshi tilaklar bildirib, sinfda oʻrnak koʻrsatgan oʻquvchilarni taqdirladi.
"Vatan himoyasi-sharaf, uni asrash esa burchdir"
2026-yil 13-yanvar kuni "Jasorat sinfi" o'quvchilari uchun "Vatan himoyasi-sharaf, uni asrash esa burchdir" mavzusida "Uch avlod uchrashuvi" davra suhbati va ko'rgazmali tadbirlari o'tkazildi.
Namangan viloyati 07648 harbiy qism mayori Sh.Madiyarov, Baynalminal jangchilar uyushmasi A.Normirzayev, G'.Adashev, Namangan davlat pedagogika instituti B.Usmonov, S.Alijonovlar oʻquvchilar bilan qiziqarli davra suhbati oʻtkazishdi.
O‘zbekistonning kechagi va buguni, yurtimizni harbiy mard o'g'lonlari yurt osoyishtaligi va mustaxkamligining tayanchi ekanligi yuzasidan suhbatlar o'tkazilib, video roliklar namoyish etildi.
Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan
"Zakovat" musobaqasi
2026-yil 6-fevral kuni "Jasorat sinfi" o‘quvchilarning tarixiy bilimlarini mustahkamlash, vatanparvarlik ruhini yuksaltirish hamda mardlik va jasorat tushunchalarini chuqur anglash maqsadida Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan zakovat musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa davomida o‘quvchilar buyuk sarkardaning hayoti, harbiy faoliyati, jasorati va Vatan ozodligi yo‘lidagi kurashlariga oid savollarga javob berdilar.
Bellashuv jarayonida ishtirokchilar faol, zukko va jamoaviy hamjihatlikda qatnashib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
"YOSHLAR KUNI" munosabati bilan Harbiy faxriylar bilan uchrashuv
Haftaning har payshanba kuni "YOSHLAR KUNI" etib belgilangani munosabati bilan, 2026-yil 5-mart kuni "Jasorat sinfi" o'quvchilari bilan Namangan viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi Faxriylar ishlari bo'yicha kengashi raisi o'rinbosari, iste'fodagi podpolkovnik N.Ismailov ishtirokida uchrashuv o'tkazildi.
Davlat ramzlari, Mustaqillik yillarida qahramonlik ko'rsatgan vatanparvar harbiylar, Jadid bobolarimiz haqida qizg'in suhbatlar va savol-javoblar o'tkazildi.
8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni
2026-yil 7-mart kuni "Jasorat sinfi" o'quvchilari ishtirokida 8-mart onajonlar bayrami munosabati bilan "Onamga xat" tadbiri o'tkazildi.
Tadbirda o'quvchilar maktub orqali o'z onalariga qalblaridagi eng ezgu niyatlari va tilaklarini yozishdi.
Jasorat uchqunlari musobaqasi
2026-yil 17-aprel kuni Pop tumanidagi harbiy qismda viloyatdagi “Jasorat maktablari” o‘quvchilari o‘rtasida “Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Namangan shahar 11-sonli Jasorat maktabi o'quvchilari jamoasi ham mazkur harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasida ishtirok etishdi.
Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlashga qaratilgan bellashuv huquqshunoslik, tibbiy savodxonlik va sport yo‘nalishlarini qamrab olgan holda 5 ta shart asosida o‘tkazildi.
FAXRIYLAR BILAN UCHRASHUV
2026-yil 27-aprel kuni navbatdagi Faxriylar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Faxriylar kengashi raisi O‘zbekiston Qurolliy Kuchlari rezervidagi polkovnigi X.Xidirovv va Namangan viloyati baynalminal jangchi faxriy va nogironlar birlashmasi raisi o‘rinbosari Serjant G‘.Adashevlar ishtirok etdilar.
Innovatsion fikrlash har bir insonda bo‘lishi mumkin bo‘lgan qobiliyat sanaldi, eng muhimi, savol berishdan to‘xtamaslik kerakligi tushuntirildi.
O‘quvchilarda yangicha, ijodiy va Innovatsion fikrlashni shakillantirish.
9-may - Xotira va qadrlash kuni
Muhtaram Prezidentimizning 2026-yil 16-apreldagi PQ-139-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, 2026-yil 1-may kuni Jasorat maktabi o'quvchilarini "Xotira maydoni"ga olib borildi.
Tadbir davomida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bosib o'tgan yo'l, ularning jasorati va qahramonliklari haqida "Nomingiz dillarda mangu yashaydi" mavzusida suhbatlar olib borildi. O'quvchi yoshlarga ajdodlarimizning mardligi, fidoyiligi hamda Vatan oldidagi muqaddas burchlari keng yoritib berildi.
2026-yil 7-may sanasida “9-May-Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Jasorat sinfi” o‘quvchilari ishtirokida “Burch, jasorat, matonat” turkumidagi ma’naviy-ma’rifiy, harbiy vataparvalik ruxidagi bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Vatan, tinchlik va jasorat mavzusida she’rlar o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar ijro etildi. Shuningdek, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va yurtimiz tinchligi yo‘lida xizmat qilgan insonlar xotirasi yod etildi.