Maktabda ta'lim olayotgan "Jasorat sinfi" o'quvchilariga olib borilayotgan ta'lim jarayoni va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar haqidagi rolik
"Jasorat maktablari"ga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli joriy yilning 15-mayidan 4-iyuniga qadar my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali onlayn amalga oshiriladi.
2026-2027 o'quv yili uchun kvota -
26 nafar o'quvchi
Qanday hujjatlar talab etiladi?
➖oʻquvchilarning tegishli oʻquv yili natijasiga koʻra baholar tabelining umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
➖belgilangan shakldagi tibbiy maʼlumotnoma;
➖oʻquvchilarning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi va ularning ota-onalari (qonuniy vakili) biometrik pasporti (identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari, bogʻlanish uchun mobil telefon raqamlari.
Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun qulaylik yaratish maqsadida murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat boshlagan;
https://ariza.piima.uz
1-BOSQICH. Hujjatlar onlayn tarzda ariza.piima.uz veb-sayti va my.gov.uz portali orqali qabul komissiyasiga topshiriladi
O'quvchining oxirgi 2 oyda tushgan fotosurati
O'quvchining tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi, ota-onasi yoki qonuniy vakilining pasport ma'lumotlari va telefon raqamlari
Imtihon shartlari va talablariga oid onlayn oferta ota-ona yoki qonuniy vakil tomonidan tasdiqlanadi
2-BOSQICH. Imtihon bosqichlari
Kirish imtihoni ikki bosqichda quyidagi fanlardan o'tkaziladi:
1-bosqich: Imtihon savollarining har bir varianti 20 ta matematika faniga, 10 ta mantiqiy fikrlashga, 20 ta ona tili faniga oid bitta muqobil javobga ega bo‘lgan test topshiriqlaridan iborat. Test topshiriqlari uchun 100 daqiqa vaqt beriladi.
2-bosqich: jismoniy tayyorgarlik sinovlari - har bir nomzodga 5 tadan jismoniy mashqlar beriladi. Jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinov 50 ballik tizimda baholanadi.
3-BOSQICH. Nomzodlarning umumiy ballari bo'yicha ro'yxatini e'lon qilish
Kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida Agentlik va ixtisoslashtirilgan maktablarning rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinadi.
O'quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo'lgan taqdirda natija e'lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.
ARIZA TOPSHIRGANLAR
Ma'lumot uchun:
205 nafar ariza topshirgan nomzod o'quvchilarning 156 nafari matematika, ona tili va jismoniy tayyorgarlik sinovlarida ishtirok etib, eng yuqori ball toplagan 26 nafar o'quvchilar "Jasorat maktabi"ning 5-sinfiga qabul qilindi